
"Paxtakor" futbolchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Ertadan mashg‘ulotlar boshlanadi
Bugun "Jar" stadionida yangi mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlashdan oldin "Paxtakor" o‘yinchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.
Futbolchilarning jismoniy holatini bilish maqsadida o‘tkaziladigan odatiy tekshiruvlardan tashqari COVID-19 infektsiyasini aniqlash bo‘yicha test ham topshirishdi. Mashg‘ulotlar esa bugungi tekshiruvlar natijalaridan kelib chiqib, ertaga "Jar" stadionida boshlanadi.
Fikrlar