
"Paxtakor" futbolchisi "Turon" a’zosiga aylandi (foto)
Pro-liganing navbatdagi uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Farg‘onaning "Turon" jamoasi yana bir yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Toshkentning "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi hisoblangan yosh qanot himoyachisi Izzatillo Po‘latov yaypanliklar bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.
Fikrlar