
"Paxtakor" joylashgan guruhdagi o‘yinlar boshlanishiga 6 soat vaqt qoldi. Uchrashuvlardan avval turnir jadvalidagi holat qanday? (Foto)
Yana 6 soatdan so‘ng, Qatar poytaxti Doha shahrida "V" guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar start oladi.
3-tur dastlab, "Shabab Al-Ahli" - "Shahr Xodro" bahsi boshlanadi. Undan so‘ng esa, kvartet favoritlari ishtirokidagi "Al-Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi start oladi.
Bellashuvlardan avval turnir jadvalidagi holatga e’tibor qaratsak, Shota Arveladze shogirdlari birinchi o‘rinda borayotganini ko‘rishimiz mumkin. "Al-Hilol" ham "sherlar" kabi 6 ochko bilan qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan. Ular bugun o‘zaro kuch sinashadi.
Dohada "Paxtakor" uchun ajratilgan avtobusni ko‘rdingizmi? (Foto)
Legionerlarimiz. Aziz G‘aniev jamoasini "Paxtakor" va yana 2 raqibga qarshi muhim o‘yinlar kutmoqda. Chunki...
Ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan "Shabab Al-Ahli" va "Shahr Xodro" o‘yini ham qiziqarli o‘tishi aniq. Chunki jamoalar 2 ta turda mag‘lubiyatga uchragan.
"Paxtakor" bugun Sebastyan Jovinko, Bafetimbi Gomis va boshqa nomdor futbolchilarga qarshi o‘ynaydi yoxud "Al Hilol" safida yana kimlar bor?
20:00. "Shabab Al-Ahli" - "Shahr Xodro"
23:00. "Al-Hilol" - "Paxtakor"
O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Fikrlar