
“Paxtakor” mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
"Paxtakor" ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Jar" stadionida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda futbolchilar Shota Arveladze boshchiligida ter to‘kishmoqda. Laslo Yambor jismoniy jihatdan o‘yinchilar holatini yaxshilash ustida ishlayapti.
Tarkibga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarning barchasi kechadan boshlab mashg‘ulotga qo‘shilishdi. Andreev, Sohibov va Boltaboev esa jarohat sababli "sherlar"ga sentyabr oyiga qadar yordam bera olishmaydi.
Toshkentdagi yig‘in 20 iyulga qadar davom etadi. So‘ng jamoa Turkiyaning Istanbul shahriga xorij yig‘ini uchun jo‘nab ketadi.
Fikrlar