"Paxtakor" murabbiyi navbatdagi bahs oldidan nimalar dedi?

  • 24 sentabr, 2020, 04:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvida "Paxtakor" klubi "Shahr Xodro"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar"ning yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda, "Paxtakor" matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugungi g‘alabadan juda xursandmiz. O‘yin boshlanguncha, biz guruhimizdagi o‘zgarish haqida bilmagandik. Maqsadimiz bu bahsda yutish edi va faqat shu to‘g‘risida o‘yladik. Ushbu g‘alaba nafaqat jamoamiz, balki o‘zbek futboli uchun ijobiy hodisa, deb hisoblayman.

Shotada koronavirus aniqlangani hammamiz uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Aynan u tufayli shu erdamiz, shu darajaga etib keldik. Arveladze "Paxtakor" loyihasida katta o‘rin tutadigan insonlardan biri. U nafaqat o‘zini, balki boshqalarni ham juda ayaydi. Afsuski, ushbu pandemiyani boshqarishning imkoni yo‘q. Shota bilan uch yildan beri ishlab kelyapmiz. Bizda ajoyib mutaxassislar va futbolchilar yig‘ilgan. O‘yinchilar professional va o‘z ishiga nisbatan juda intizomli. Mashg‘ulotlarda birgalikda mehnat qilib, o‘yinlarga tayyorlanishda davom etamiz. U ham o‘z maslahatlarini beradi, qanday mashg‘ulot o‘tkazish, o‘ynash, raqibning imkoniyatlari borasida maslahatlashamiz.

Guruhdan chiqib, bosimdan xalos bo‘ldik, deb o‘ylamayman. Chunki musobaqaning hal qiluvchi qismi oldinda. Bu erda xato qimmatga tushadi. Biz oldimizda turgan uch o‘yinni o‘ynashga intilamiz.

Biz "Al Hilol"ning musobaqadan chetlatilganini bilmasdan maydonga tushdik. Shu sababli tarkibni o‘zgartirish imkoni yo‘q edi. Lekin futbolchilar o‘yin sur’atini saqlab qolishida bir tarafdan bu yaxshi bo‘ldi. Masalan, Jalol singari o‘yinchilar hamisha futbol o‘ynashni yoqtirishadi, ularning xobbisi ham futbol. Jamoaviy harakatlar yaxshiroq ko‘rinish olishida ham bu foydali.

"Istiqlol" musobaqada bizdan ikkita kamroq o‘yin o‘tkazdi. Bu ularga foyda yoki zarar ekanini uchrashuvda bilib olamiz. Biz bor kuchimizni ishga solishga urinamiz," - dedi Xyuistra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!