“Paxtakor” olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Olti nafar futbolchi "Paxtakor"ni erkin agent sifatida tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Shartnomasi yakunlangani sababli jamoamiz olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Nikita Shevchenko, Jonatan, Umar Adhamzoda, Diyor Xolmatov, Brayan Riaskos va Bobur Abduxoliqov erkin agent sifatida "Paxtakor"YB tark etdi. Ularning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz”, - deyiladi “sherlar” yozgan xabarda.


Fikrlar