
"Paxtakor" raqobatchisi "Lokomotiv"dan olgan futbolchisini "Surxon"ga berdi
O‘tgan mavsum yarmida "Lokomotiv"dan "Paxtakor"ga o‘tgan yarim himoyachi Husniddin G‘ofurov yana jamoasini o‘zgartiradigan ko‘rinadi.
"Surxon" klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi bugun jamoaning AGMKga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida termizliklar sharafini himoya qiladi. U ayni paytda "Surxon" klubining yig‘inida qatnashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq futbolchi "Paxtakor" bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani borasida xabar berilgandi.
Fikrlar