"Paxtakor" va "Qizilqum" o‘rtasidagi eng yirik hisob yodingizdami? (prevyu)

  • 29 avgust, 2023, 11:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Superliganing 18-turida Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘ladi.

Chempionat doirasida jamoalar 47 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 40 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 133 gol urilib, 27 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Navoiydagi 23 uchrashuvning birortasida "sherlar" mag‘lubiyatga uchramagan. Mehmonda 19 g‘alaba va 4 durang natija kuzatilgan. Safardagi 8 uchrashuvda jamoamiz yirik hisobda zafar quchgan. O‘tgan mavsumda "Paxtakor" mehmonda 2:0 hisobida g‘olib bo‘lgan edi.

Bu jamoalarning 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda toshkentliklar mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha rekord sanalgan yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni mehmonlardan diskvalifikatsiya tufayli Muhammadqodir Hamraliev, mezbonlardan esa Ifeanyi Ifeanyi o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 29 avgust, seyshanba kuni soat 19:30da "Yoshlar" sport majmuasi stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!