"Paxtakor"ga qarshi o‘yindan oldin "Al-Hilol"da yana bir muammo paydo bo‘ldi (Foto)

  • 17 sentabr, 2020, 16:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Hilol" uchrashuvi o‘tkaziladi.

Bellashuv oldidan saudiyaliklar safida yana bir futbolchi koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, asosiy futbolchilaridan biri, qanot himoyachisi Yosir Al-Shahroniyda test natijalari ijobiy chiqqan. Shu bois, futbolchi karantinga olingan va shifokorlar nazoratida.

"Al-Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi qoldirilishi yoki o‘tkazilmasligi mumkinmi?

EiEYzA7X0AUYotV

Ushbu jamoalarning birinchi to‘qnashuvidan avval ham 5-6 futbolchida infektsiya aniqlangandi. Biroq musobaqaning amaldagi chempioni qolgan o‘yinchilar bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqda.

Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!