"Al-Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi qoldirilishi yoki o‘tkazilmasligi mumkinmi?
Bugun "OChL-2020" 3-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan. Ammo oxirgi paytda Saudiya Arabistoni klubi safidagi ayrim futbolchilarda koronavirus aniqlangani borasida xabarlar tinmayapti.
Bu bo‘yicha ko‘pchilik bunday paytda o‘yin bugun o‘tkaziladimi yoki qoldirilishi mumkinmi, degan savollar bilan murojaat qilmoqda. Reglamentga ko‘ra musobaqa uchun jamoalar 30 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin ("Al-Hilol"da 30, "Paxtakor"da 25 futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
"Paxtakor" bugun Sebastyan Jovinko, Bafetimbi Gomis va boshqa nomdor futbolchilarga qarshi o‘ynaydi yoxud "Al Hilol" safida yana kimlar bor?
"Paxtakor" OChLda ishtirok etish uchun bugun Qatarga uchib ketadi (tarkib)

Dohada "Paxtakor" uchun ajratilgan avtobusni ko‘rdingizmi? (Foto)
Bu borada o‘yinlar qoldirilishi, o‘tkazilmasligi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Qolaversa, "Al-Hilol" tarkibida hozircha 5-6 ta o‘yinchida infektsiya aniqlangan. Demak, maydonga tushgani boshqa futbolchilar etarli. Shu bois bugungi bahs o‘tkaziladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.



Fikrlar