“Paxtakor”ga super gol urgan futbolchi fikrini bildirdi
Birlashgan Arab Amirliklarida “Spartak” va “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida toshkentliklar darvozasiga super gol urgan chexiyalik Aleks Kral ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘yinga munosabat bildirdi.
“Birinchi o‘yin va dastlabki g‘alaba! Olg‘a “Spartak”!”, – deb yozdi Aleks Kral.

“Spartak” 2021 yildagi ilk uchrashuvini O‘zbekiston chempioniga qarshi o‘tkazdi. O‘yin 2:1 hisobida moskvaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Fikrlar