
"Paxtakor"ning 6 nafar futbolchisi Olimpiadada ishtirok etadi
O‘zbekiston U23 termasining Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Unda "sherlar"ning 6 nafar futbolchisi yakuniy tarkibdan o‘rin oldi. Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliev, Behruz Asqarov, Abdurauf Bo‘riev, Ibrohim Ibragimov va Diyor Xolmatov Parijga yo‘l oladi.
Shuningdek, tarkibdagi 22 nafar futbolchining 11 nafari "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi (Nazarov, Abdunabiev, Mirsaidov, Hamraliev, Yo‘ldoshev, Asqarov, Xolmatov, Jiyanov, Odilov, O‘runov, Fayzullaev).
Bu klubimiz yoshlarni tarbiyalashda amalga oshirayotgan mehnat qanchalik foydali bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Fikrlar