"Paxtakor"ning "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi qanday?

  • 19 noyabr, 2021, 21:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Superliga 25-turida “Paxtakor” Toshkent derbisida “Lokomotiv” bilan maydonga tushadi.

Tecno

Jamoalar safida diskvalifikatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlar mavjud emas.

Chempionatlar tarixida jamoalar jami 35 bor to‘qnash kelishgan. Ularning 21 tasida “Paxtakor” g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilib, 6 marta “Lokomotiv” ustun kelgan. Raqib darvozasiga 75 ta gol urgan “Sherlar” 32 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan. 2020 yilgi mavsumda o‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik natija kuzatilgan. O‘shanda “Paxtakor” 7:0 hisobida muvaffaqiyatga erishgan. 2005 yilgi bellashuvda esa Anvar Soliev raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan!

paxtakor4

Safardagi o‘yinlarda ko‘rsatkichlar shunday ko‘rinish olgan: 9 g‘alaba, 5 ta durang va 3 mag‘lubiyat. Gollar bo‘yicha ustunlik “Paxtakor” foydasiga - 40:19. Mehmondagi “Paxtakor”ning eng yirik g‘alabasi - 6:1 natijasi 2005 yil kuzatilgan.

“Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 20 noyabr, shanba kuni soat 16:15 da “Lokomotiv” stadionida boshlanadi.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!