"Paxtakor"ning mavsumdagi gollari 105 taga etdi yoxud "sherlar" o‘zlarining rekordlarini yangilay olishadimi?

  • 4 noyabr, 2019, 14:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Paxtakor" jamoasi ushbu mavsum rasmiy uchrashuvlarda raqiblar darvozasini hozirga qadar 105 marta ishg‘ol qilishga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Kubogi finalida AGMK bilan bahsda Dragan Cheran "sherlar"ning joriy yildagi 100-goli muallifiga aylangandi. "Surxon" bilan bellashuvdan keyin gollar soni 105taga etib ulgurdi. Navbatdagi 4 o‘yinda bu boradagi ko‘rsatkich yanada ortishi tayin. Mavsumda 31 gol urgan Dragan Cheran jamoa peshqadami bo‘lib turibdi. Igor Sergeev esa 21 to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Marat Bikmaev va Dostonbek Hamdamov hisobida 12tadan gol mavjud. Ushbu to‘rt futbolchi jami 76 golga muallif bo‘lishgan. 105 gol 15 futbolchi tomonidan urilgan. "Qizilqum" darvozasi 13 bor ishg‘ol etilgan, "Buxoro"ga 12, AGMK darvozasiga 10tadan to‘p kiritilgan.

"Paxtakor" 1998 yil o‘zi qatnashgan rasmiy musobaqalarda raqiblar darvozasini 130 marta ishg‘ol qilib, klub rekordini o‘rnatgan.

Joriy mavsumda "Paxtakor" klubi to‘purarlari bilan tanishing.

31 - Dragan Cheran
21 - Igor Sergeev
12 - Marat Bikmaev, Dostonbek Hamdamov
6 - Jaloliddin Masharipov
5 - Sardor Sobirxo‘jaev
4 - Egor Krimets
3 - Shohruh Mahmudhojiev, Marko Simich
2 - Vladimir Kozak, Hojiakbar Alijonov
1 - Javohir Sidiqov, Humoyunmirzo Iminov, Sherzod A’zamov, Odil Hamrobekov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!