"Paxtakor"ning "Nasaf"ga qarshi o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan futbolchilarni bilasizmi?

  • 24 noyabr, 2020, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" va "Nasaf" qarama-qarshiliklarida ikki futbolchi 6tadan to‘p muallifiga aylangan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari Igor Sergeev va Dragan Cheran hisoblanadi. Sergeev barcha golini "Paxtakor" uchun urgan bo‘lsa, Cheran har ikki jamoa uchun uchtadan to‘p kiritgan. Anvar Soliev hamda Ismael Gonsalvesh hisobida 5tadan gol mavjud. "Sherlar" safidan Aleksandr Geynrix va Server Jeparov 4tadan, Dilmurod Nazarov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov hamda "Nasaf"dan Zafar Xolmurodov 3tadan gol muallifiga aylangan.

"Nasaf" bilan o‘yinlar to‘purarlari

6 - Igor Sergeev, Dragan Cheran

5 - Anvar Soliev, Ismael Gonsalvesh

4 - Aleksandr Geynrix, Server Jeparov

3 - Dilmurod Nazarov, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Zafar Xolmurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
24/11/2020 12:12
Агар чистни уйин булса Насаф Пахтакорни янчиб ташледи