"Paxtakor"ning OChL guruh bosqichdagi barcha raqiblari ma’lum (Taqvim)

  • 16 mart, 2022, 10:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasida pley-off o‘yinlari o‘tkazildi. Unda Saudiya Arabistonining «Al Ta’vun» klubi o‘z maydonida Suriyaning «Al Jaish» jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida mezbonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Endi Saudiya klubi "D" guruhida ishtirok etadi. Ushbu kvartetda «Paxtakor» (O‘ZBEKISTON), «Sepaxon» (Eron) va «Al Duhayl» (Qatar) klublari mavjud.

Guruh bosqichi taqvimi

1-tur
"Paxtakor" - "Sepaxan"

2-tur
"Al Ta’vun" - "Paxtakor"

3-tur
"Al Duhayl" - "Paxtakor"

4-tur
"Paxtakor" - "Al Duhayl"

5-tur
"Sepaxan" - "Paxtakor"

6-tur
"Paxtakor" - "Al Ta’vun"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!