"Paxtakor"ning "Qizilqum"ga qarshi o‘yinlarida to‘purari kim?

  • 23 iyun, 2022, 14:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"ning "Qizilqum" bilan o‘zaro to‘qnashuvlarida to‘ng‘ich Tojiev to‘purar hisoblanadi.

Tecno

Jamoalar oliy ligada 2000 yilgi mavsumdan boshlab to‘qnash kelishni boshlashgan. Ilk bahs Zarafshon shahrida o‘tib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Mezbonlardan Aleksey Nikolaev, "Paxtakor"dan Sobir Xodiev gol muallifiga aylangan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Zayniddin Tojiev sanaladi. U "Qizilqum" darvozasiga 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Stanislav Andreev, Igor Sergeev va Dragan Cheran hisobida 6tadan to‘p mavjud. Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedov 5tadan, Anvar Soliev hamda Kaxi Maxaradze 4tadan golga mualliflik qilgan.

Aleksey Nikolaev har ikki jamoa tarkibida raqib darvozasiga to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. U 2000 yil "Paxtakor", 2003 yil "Qizilqum"ga gol urgan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
8 - Zayniddin Tojiev
6 - Stanislav Andreev, Igor Sergeev, Dragan Cheran
5 - Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov
4 - Anvar Soliev, Kaxi Maxaradze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!