
Peddi Pimblett: "Agar Islom Maxachevni kamardan voz kechishga majburlagan bo‘lsangiz, unda Jon Jonsdan ham kamarni olib qo‘ying"
UFC engil vazn sobiq chempioni Islom Maxachev (27-1 MMA, 16-1 UFC) chempionlik kamaridan voz kechib, yarim o‘rta vaznga o‘tishga qaror qildi. U joriy yil yangi chempion Jek Della Maddalena bilan jang qilishi kutilmoqda. Peddi Pimblett (23-3 MMA, 7-0 UFC) Maxachevning kamarni bo‘shatganidan hayratda qoldi.
"Men Islomni kamarni topshirishga majburlashadi, deb o‘ylamagandim. Agar Maxachevni majburlayotgan bo‘lsangiz, unda Jonsdan ham kamarni olib qo‘yish kerak. Islom to‘rtta jangda kamarini himoya qilgan, qisqa muddatda raqiblar bilan jang qilgan. Unga ikki vaznda chempion bo‘lish imkoniyatini berish zarur edi. Agar men Islomni o‘rnida bo‘lganimda, avval Topuriyani engardim, keyin to‘rt oy ichida Della Maddalenaga qarshi oktagonga ko‘tarilardim" — dedi Pimblett "TNT Sports" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev va Jek Maddalena to‘qnashuvi Las-Vegasda o‘tkaziladigan xalqaro janglar haftaligida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Xamidova Zeboniso tayyorladi
Fikrlar