Peddi Pimblett: "Yaxshiyamki, Islom Maxachev endi bizning divizionda emas"
Yengil vazn toifasida UFC reytingining beshinchi o‘rnini egalab turgan Peddi Pimblett rossiyalik Islom Maxachevning yarim o‘rta vaznga o‘tganidan xursand.
"Maxachev va Garri to‘qnashuvi xuddi men hamda Jastin Getji jangiga o‘xshab ketdi. Ya’ni amalda ham, ochkolar bo‘yicha ham rossiyalik ustunlikka erishdi.
Yaxshiyamki, Islom endi bizning divizionda emas. U bor joyda kamarni qo‘lga kiritish juda qiyin. Chunki u dunyodagi eng zo‘r MMA ustalaridan biri", – dedi Pimblett.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta avval Islom Maxachev irlandiyalik Ian Garrini hakamlarnig yakdil qarori bilan mag‘lub etgandi.

Fikrlar