Pedri: "Real" ketma-ket 4 martta yutish haqiqiy faxr"

  • 9 avgust, 16:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri o‘tgan mavsumda "Real Madrid" ustidan qozonilgan g‘alabalar haqida gapirdi.

Tecno

- O‘tgan mavsumda "Real"ga qarshi to‘rtta klasikoda ham g‘alaba qozondingiz. Yoqimlimi?

- Agar bir yorqin xotirani aytishim kerak bo‘lsa, bu Ispaniya kubogi finalida urgan golim. Bu o‘ziga xos lahza, chunki mening oilam tribunalardan bu golni tomosha qilishgan. "Real"ni yutish qiyin bo‘lgan davrdan keyin ketma-ket to‘rtta g‘alabaga erishish - bu haqiqiy faxr.

Biz bunga odamlarga yoqadigan futbol o‘ynab, maydonda maza qilib erishdik. Klasikolar, ayniqsa, muxlislar uchun katta ahamiyatga ega.

Muxlislar biz "Real" ustidan g‘alaba qozonganimizni juda yaxshi ko‘rishadi va ular ertasi kuni "Madrid" muxlislarini masxara qilishni yaxshi ko‘rishlarini bilamiz! - dedi "Barselona" yarim himoyachisi Pedri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!