Pedriga Inestaning raqamini berishdi

  • 8 iyul, 2022, 17:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Pedri yangi mavsumni 8-raqam ostida boshlaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

O‘tgan mavsum bu raqamli liboslarda Dani Alves harakat qilgandi. 8 soni "Barselona" muxlislari uchun doim Andreas Inestani eslatib turadi. 

Bundan tashqari, bu raqam ostida Gilermo Amor, Xristo Stoichkov, Albert Selades, Filipp Koku, Artur Melo va Miralem Pyanich kabi futbolchilar to‘p tepgan. 

Pedri shu vaqtga qadar 16-raqamli libosda to‘p tepib kelardi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!