"Pelas"ga qarshi o‘yinda "Chelsi" asosiy xavbeki xizmatlaridan foydalana olmaydi.
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante jarohat sabab "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqida londonliklar bosh murabbiy Frenk Lempard o‘yin oldi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Kante "Pelas"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Unda kichik jarohat bor, shuning uchun unga bir haftalik dam olish imkoniyati berdik.
Uning qachon maydonga qaytishini ayta olmayman, biroq "Sheffild Yunayted"ga qarshi bahsda uning foydasi tegishi mumkin", - deya shogirdining ahvoli haqida ma’lumot berdi Lempard.
Fikrlar