Penalti tepishda Ronaldu zo‘rmi yoki Messi?

  • 5 aprel, 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

40 yoshli Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” safida gol urishni davom ettirmoqda. Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turida portugaliyalik yulduz “Al-Hilol” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, “An-Nasr”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

Ronaldu mezbonlar darvozasiga ikkinchi to‘pni penaltidan kiritdi. Shu tariqa, Krishtianu jahon futboli tarixida ko‘p gol urish bo‘yicha o‘zining rekordini yangilab, gollari sonini 931 taga etkazib oldi.

“An-Nasr” yulduzi faoliyatida davomida 206 marta 11 metrlik nuqtaga yaqinlashib, 174 marta darvozani ishg‘ol qilgan. Bu Ronaldu o‘zi tepgan penaltilarning 84,47 foizini aniq bajarganini ko‘rsatadi.

Uning ashaddiy raqibi Lionel Messi penalti tepishni ko‘proq mashq qilishi kerak. Argentinalik yulduz 140 ta zarbadan 109 tasini darvozaga aniq joylagan. Bu foizlar hisobida 77,86 foizga teng.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!