Penaltidan gol urolmagan Ronaldu nima dedi?
Italiya kubogi yarim finalida “Milan” darvozasini penaltidan ishg‘ol qila olmagan Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ning finalga chiqqaniga o‘z munosabatini bildirdi.
- Restart kutganimizdan boshqacha bo‘ldi. Lekin biz maqsadga erishdik. Rim, mana biz!, - deb izoh qoldirdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Yuventus” safar uchrashuvida kiritilgan gol qoidasiga ko‘ra finalga chiqdi. Chunki Milanda o‘tgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Turindagi javob o‘yinida birorta gol kiritilmadi.
Italiya kubogi finali 17 iyun kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar