
Ronalduning 18 yoshli hamyurti skautlarni hayratga soldi
Italiya grandlari – “Milan” va “Inter” jamoalari “Benfika”ning 18 yashar himoyachisi Tomash Araujuni o‘z tarkibiga olish harakatiga tushib qoldi.
Milanlik skautlar futbolchining o‘yinini kuzatib, o‘z jamoalariga mos kelishiga amin bo‘ldilar.
Araujuning “Benfika” bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. Agar portugaliyaliklar o‘z futbolchisini yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, Araujuning transferi italiyaliklarga ortiqcha muammo tug‘dirmaydi.
Fikrlar