Penaltisiz kim ko‘proq gol urgan, Ronaldu yoki Messi?

  • 17 yanvar, 22:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Give Me Sport" mutaxassislari qiziqarli reytinglarni e’lon qilishda davom etmoqda. Bu safar XXI asrning eng yaxshi to‘purarlari reytingi taqdim etildi. Mazkur reytingda penaltilardan urilgan gollar hisobga olinmadi.

Tecno

Birinchi o‘rinni 746 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalik futbolchi Lionel Messidan 5 ta gol ko‘p urgan. Messi 741 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda. Biroq, o‘yin uchun o‘rtacha gollar sonini hisobga olganda, Messi Ronaldudan yuqorida turadi (0,68 ga 0,59).

Uchinchi o‘rinni 609 ta gol bilan Robert Levandovski egalladi. Keyingi o‘rinlarda Luis Suares (529), Zlatan Ibragimovich (488), Karim Benzema (444), Edin Jeko (412), Edison Kavani (401), Serxio Aguero va Samuel Eto'O (378 tadan) joy olgan.

Umuman olganda, penaltilar hisobga olinsa, Krishtianu Ronaldu 917 ta, Lionel Messi esa 850 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!