
Penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
Indoneziya hamda Malayziyaning milliy sport turlaridan hisoblanadigan penchak silat yakkakurash turi yurtimizda ham asta-sekin rivojlanib bormoqda. Bir necha yillardan buyon muntazam mamlakat chempionati va kubogi, xalqaro turnirlar va miks silat bo‘yicha professional janglar ham o‘tkazilib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi tomonidan turli mamlakatlardan taklif qilingan shou-biznes olami vakillari ishtirokida festivallar ham tashkil qilinib turadi. Umuman olganda mamlakat birinchiliklari ham yuqori darajada o‘tkaziladi.
Albatta, bejizga bu borada so‘z yuritmadik, sababi joriy yilgi mamlakat chempionati start olishiga ham ikki kun vaqt qoldi. Ya’ni, 6-7 mart kunlari Buxoro viloyatining Olot tumani ushbu turnirga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqa turli yosh toifalarida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston chempionatiga oid boshqa yangiliklar va natijalarni bizda kuzatib boring!
Fikrlar