
Penchak Silat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
20-22 avgust kunlari Toshkent viloyatining Toshkent tumanida Penchak Silat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Mazkur mamlakat birinchiligida 6 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etdi.
Turnirda 12 ta viloyatdan 500 dan ortiq sportchilar to‘rta yo‘nalish (tanding, tungal, ganda, regu) bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordilar.
Yakunda, 1-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Toshkent viloyati, 3- o‘rinni Samarqand viloyati jamoasi egalladi.
Fikrlar