Pep Gvardiola: "Kayl Uokerga qizil kartochka dars bo‘lishi kerak"

  • 8 dekabr, 2021, 15:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Citi" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Leyptsig"ga qarshi uchrashuvdagi (2:1) mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Shaharliklar" "Leyptsig"ga mag‘lub bo‘lishidan oldin Chempionlar ligasi A guruhida birinchi o‘rinni kafolatlab ulgurgan edi. Ammo himoyachi Uoker raqib hujumchisi Andre Silvaga qilgan qo‘polligi tufayli qizil kartochka oldi. Bu haqda Gvardiola shunday dedi:

"Kayl Uoker biz uchun juda muhim o‘yinchi. Uni bu tarzda yo‘qotish achinarli. Umid qilamanki, Kayl bundan saboq oladi. Qizil kartochka bizni ranjitdi.

Birinchi taymda bizga ritm etishmadi. O‘yinning ikkinchi qismida esa biz yaxshiroq harakat qildik. Afsuski, ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydi va yutqazdik. Ularda juda yaxshi jamoa bor. Biz buni avvaldan bilgandik. "Leyptsig"ni g‘alaba bilan tabriklayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!