
Pepe “Lill”dan ketmaydigan bo‘ldi
Frantsiyaning “Lill” jamoasi hujumchisi Nikolas Pepe mavsum yakuniga ko‘ra o‘z klubini almaytirmaydigan bo‘ldi.
“Joriy mavsumni “Lill”da tugatishim aniq. Bu mening qarorim. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz, top-klubda to‘p surish ajoyib bo‘lardi”, – dedi Pepe.
Avvalroq “Lill” klubi maslahatchisi Luis Kampos Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosini 80 million evroga sotilishi haqida aytib o‘tgandi.
So‘nggi paytlarda ivuarlik futbolchiga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Bavariya”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Atletiko” kabi top-klublar qiziqish bildirgandi.
Fikrlar