Pepsi Superliga: 12-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari

  • 14 may, 2018, 15:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun, 14 may kuni “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvi bilan Pepsi Superliganing 12-tur uchrashuvlariga start beriladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron davlatida mahalliy milliy terma jamoa bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi munosabati bilan 12-tur o‘yinlari muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.

Shunga ko‘ra, 12-tur bitta o‘yin bilan bugun start oladi, ertaga yana uchta o‘yin o‘tkaziladi. Ikkita uchrashuv sanasi esa 22 may kuniga belgilangan.

Ertaga o‘tkaziladigan uchta uchrashuvdan ikkitasida o‘yin vaqtlariga o‘zgartirish kiritildi. Namanganda bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” hamda “Metallurg” klublari o‘rtasidagi uchrashuv soat 20:00ga belgilandi. Ushbu uchrashuv Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

 

Pepsi Superliga. 12-tur

14 may (dushanba) 

“Nasaf” – “Neftchi”   18:00

Hakamlar: A.Asimov, T.Galeev, A.Sidorov, Sh.Rajabov.

Nazoratchi – A.Xotamov.

Komissar – B.Namozov.

 

15 may (seshanba) 

AGMK – “Bunyodkor”     18:00

Hakamlar: O.To‘ychiboev, R.Kapadze, Sh.A’zamov, D.Karimov.

Nazoratchi – N.Lutfullin.

Komissar – R.Chernikov.

 

“Navbahor” – “Metallurg”       20:00

Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, A.Rahimov.

Nazoratchi – D.Roman.

Komissar – L.Qo‘chqorov.

 

“So‘g‘diyona” – “Paxtakor”       18:00

Hakamlar: I.Tantashev, A.Tsapenko, A.Kalinin, N.Qosimov.

Nazoratchi – M.Ismoilov.

Komissar – M.Saidqosimov.

 

22 iyun (seshanba)

“Qo‘qon-1912” – “Buxoro”       18:00

Hakamlar: V.Kovalenko, R.Serazetdinov, T.Gaynullin, A.Ergashev.

Nazoratchi – I.Nexochin.

 

“Lokomotiv” – “Qizilqum”    18:00

Hakamlar: A.Risqullaev, X.Shodmonov, A.Burov, F.Yansupov.

Nazoratchi – R.Serazetdinov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!