Peres mag‘lubiyatdan keyin "Real" yechinish xonasiga tushdi
"Real" prezidenti Florentino Peres Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida "Bavariya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (3:4, umumiy hisob — 4:6) keyin jamoa yechinish xonasiga kirib bordi.
"AS" nashrining "Movistar" telekanaliga tayanib xabar berishicha, madridliklar rahbari o‘yindan so‘ng murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashish uchun yechinish xonasiga tushgan.
Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa esa bahsdan keyin "Movistar"ga bergan intervyusida shunday dedi:
— Hozircha u bilan ko‘rishishga ulgurmadim.

Fikrlar