
Peres Pogba transferidan voz kechmoqchi
Marca nashriga ko‘ra "Real" rahbariyati Pol Pogba transferidan voz kechmoqchi. "Qaymoqrangliklar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan xavbekni jamoa yaxshi natijalarga erishishi uchun eng kerakli futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
O‘z navbatida madridliklar rahbariyati 26 yoshli yarim himoyachiga extiyoj sezmayapti. Florentino Peres maydon markazini kuchaytirish uchun boshqa arzonroq variant Kristian Eriksen transferini amalga oshirishga urinmoqchi. Shuningdek raxbariyat yosh futbolchi Federiko Valverdening o‘yini sabab bu transferdan mutlaqo voz kechishi mumkin.
Joriy mavsumda Pogba APL bahslarida 5 ta o‘yinda ikkita gollik uzatmani hisobiga yozib qo‘ygan.
Fikrlar