
Peres "Real" muxlislarining umidini puchga chiqardi
"Real" prezidenti Florentino Peres, Evropa Superligasidan tushadigan daromad yo‘qligi sabab, bu yoz PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni sotib olish imkonsizligini tan oldi.
“Superligasiz Mbappe va Xolandni sotib olishning iloji yo‘q. Bu nafaqat "Real" ga, balki boshqa har qanday klubga ham tegishli”, - dedi Peres.
Superligada ishtirok etishga rozilik bildirgan 12 ta klubga tashkilotchilar tomonidan katta mablag‘ va’da qilingan edi. Gap 100 milliondan 350 million evrogacha bo‘lgan mablag‘ haqida ketmoqda.
22 yoshli Mbappening bozor narxi 160 million evroga, 20 yoshli Xolandning narxi 110 millionga baholanmoqda.
Fikrlar