Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

  • 19.04.2026 10:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsum tugagach, jamoani tuzilmaviy yangilashni rejalashtirmoqda.

Klub xo‘jayining shaxsan o‘zi yozda jamoani tark etadigan sakkiz nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi.

Bu haqida Sport.es sayti xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinda o‘tgan yozda ketishi so‘ralgan yarim himoyachi Eduardo Kamavinga turibdi. Shuningdek, himoyachilar Fran Garsiya va Raul Asensio, yarim himoyachi Daniel Sebalyos ham klubni tark etishi rejalashtirilmoqda.

“Real” David Alaba va Daniel Karvaxal singari yoshi katta himoyachilar bilan yozda tugaydigan shartnomalarni uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, madridliklar Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiya kabi yosh hujumchilarni boshqa klublarga ijaraga berish, yaxshi taklif bo‘lsa, sotib yuborish niyatida.

Ta’kidlanishicha, Vinisius Junyor yoki Jud Bellingemdan biri sotilishi varianti ham istisno qilinmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!