
Peres: Xolandni olmasak, “Barsa”ni to‘xtatolmaymiz!
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres “Santyago Bernabeu”da ashaddiy raqib – “Barselona”dan 0:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan jamoasiga Erling Xoland kerak, degan qarorga keldi.
Klub rahbari markaziy hujumchi Karim Benzemaning jarohati tufayli “Barselona”ga qarshi o‘ynamaganini mag‘lubiyatga asosiy sabab sifatida ko‘rsatmoqda. Uning fikricha, kelajakda ham jamoa yaxshi o‘ynashi uchun frantsiyalik yulduz darajasiga chiqa oladigan markaziy hujumchi kerak bo‘ladi.
Florentina Peres mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda Erling Xoland transferi bilan jiddiy shug‘ulla boshladi. Bundan tashqari, madridliklar yozgi transferlar vaqtida PSJ to‘purari Kilian Mbappening ham kelishi kutmoqda.
“Real” hujumda zamonamizning ikki eng zo‘r to‘purari – Mbappe va Xoland tandemini tashkil qilmoqchi.
Fikrlar