"Persepolis" ustozi: Hakamlar bugun "Paxtakor"ning asosiy futbolchisiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Kecha eronlik jurnalist hakam haqida havotirlanib savol bergan edi. Men buni oddiy holat sifatida baholagan edim, ammo bu to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. "Paxtakor" ofsayddan gol kiritdi. Bizning foydamizga penalti berilmadi. "Al Sadd" bilan bahsda ham xuddi shu kabi holat sodir bo‘lgan edi. Hakamlar raqib jamoa uchun asosiy o‘yinchiga aylandi.

"Paxtakor"ga gol kiritish oson emas. Shunday bo‘lsada ko‘plab imkoniyatlar yaratdik, ammo raqib jamoa posboni yaxshi harakat qildi.

Bizning guruh Osiyoning kuchli jamoalaridan tashkil topgan. Barcha narsa mayda detallarga bog‘liq bo‘lmoqda. Men hakamlarni muhokama qilishni istamas edim, ammo bu asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Bu mavsum hakamlar bizni 4 ochkodan mosuvo etdi. Bunday holat o‘tgan mavsum Yaponiyada o‘tgan dastlabki final uchrashuvida ham sodir bo‘lgan edi.

Har 4-5 kunda o‘ynaydigan istalgan klub charchaydi, ammo men buni sabab qilib ko‘rsatmagan bo‘lar edim. "Al Sadd"ni musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri. O‘ylashimcha "Paxtakor" va "Al Sadd" guruhdan chiqadi", - deb Ivankovichning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Темур Мардонов
07/05/2019 06:51
ютказишни тан олиш хам мартлика киради
Jasur Shakirov
06/05/2019 20:33
Bekorlarning beshtasini aytibsan, Persepolis!!!
Шерзод Кушшаев
06/05/2019 20:24
Пахтакорни табриклайман! Эрон кулиби кучли булса уз майдонида галаба килиш керак эди.Энди эса бахонага урин йук