Peshqadamlik uchun kurash yoxud "Neftchi" OKMKga qarshi o‘yinda g‘alabali seriyasini davom ettira oladimi? (prevyu)
Superliganing 4-turida OKMK hamda "Neftchi" o‘zaro bahs olib boradi.
Mazkur jamoalar milliy chempionat tarixida jami 26 marotaba to‘qnash kelgan. O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik farg‘onaliklar tarafida. OKMK "Neftchi" bilan chempionat o‘yinlarida 8 marta g‘alaba qozongan, 12 o‘yinda farg‘onaliklar. 6 ushrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar farqi – 35:46, "Neftchi" foydasiga.
Levchenko shogirdlari ayni damda 9 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalida 1-o‘rinda ketmoqda. OKMK esa 6 ochko bilan 4-pog‘onada.
OKMK matbuot xizmati

Fikrlar