
"Peskara"ning yangi libosi namoyish etildi. Uni 6 yoshli bolakay chizgan (foto)
Italiyaning "Peskara" klubi yangi libosini namoyish etdi. B Seriyada ishtirok etuvchi ushbu jamoaning yangi libosidan klub timsoli delfin, kamalak va to‘lqin aks etgan.
Qizig‘i, "Errea" firmasi ishlab chiqqan ushbu yangi ekipirovka dizaynini klubning 6 yoshli muxlisi Luiji D'Agostino yaratgan. Aynan uning dizayni maxsus tanlovda g‘olib chiqqan.
Ushbu tanlov koronavirus pandemiyasi vaqtida muxlislarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan va "Errea" shirkati ushbu tanlovda g‘olib chiqqan dizayn bilan libos yaratishini e’lon qilgan edi.
Fikrlar