Pike va Alba “Real”ga qarshi o‘ynay oladi
“Barselona” klubining ikki himoyachisi safga qaytdi. Xordi Alba va Xerard Pike jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlari keltirilgan ikkala himoyachi chempionatning o‘tgan turida "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinda jarohat olishgan edi. Biroq, Alba va Pike shanba kuni bo‘ladigan “Real”ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “El-klassiko” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Barselona” va “Real”ning navbatdagi to‘qnashuvi 3 dekabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15da start oladi.

Fikrlar