Pike va Dembele “Xetafe”ga qarshi o‘ynay oladimi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike Ispaniya La ligasi 23-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritildi.
Ilgariroq, 31 yoshli futbolchi tizzasidagi jarohati bois, mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotganligi aytilgan edi.
Bundan tashqari, mazkur ro‘yxatdan Usmon Dembele ham qaydnomaga kiritildi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Xetafe” o‘yini 11 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 20.15 da start oladi.
"Barselona"ning "Xetafe"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi
Ter Shtegen, Semedu, Pike, Rakitich, Buskets, Inesta, Suares, Messi, Dembele, Silessen, Koutino, Paulino, Alkaser, Alba, Din, Roberto, Vidal, Mina.

Fikrlar