
Pioli: "Ronaldu bilan ishlash men uchun sharaf edi"
Italiyalik mutaxassis Stefano Pioli Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida Krishtianu Ronaldu bilan birga ishlagan davri haqida fikr bildirdi.
"Men uchun uni mashq qildirish katta sharaf bo‘ldi. U oddiy chempion emas – u bundan ancha yuqori darajada. Ko‘pchilik uning shaxsiyati ortida nima turganini ham tasavvur qila olmaydi. Bizda u bilan umumiy menejment bor edi. U fantastik professional – o‘yinga va gollarga mutlaqo berilib ketgan.
U har kunini keyingi o‘yinga tayyorgarlikka bag‘ishlaydi. Ana shunday maqsad sari intilish har bir jamoada bo‘lishi kerak" – deya ta’rif berib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Pioli yaqinda "Fiorentina" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Fikrlar