
Pirlo iste’foga chiqariladi, agar...
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirloning jamoadagi taqdiri xavf ostida qolmoqda.
Turinda chop etiladigan La Stampa nashrining ma’lum qilishicha, agar “keksa sinora” A Seriyaning navbatdagi turida “Udineze”ga mag‘lub bo‘lsa, Pirlo iste’foga chiqariladi. Agar ushbu holat yuz bersa, jamoani mavsum oxirigacha Igor Tudor boshqarib turadi.
“Yuventus” 33 turdan so‘ng 66 ochko to‘plagan holda A Seriyada 4-o‘rinda bormoqda. Turinliklar peshqadam “Inter”dan 13 ochkoga ortda qolmoqda.
Andrea Pirlo “Yuventus”ni 2020 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Undan avval jamoani Mauritsio Sarri boshqargan.
Fikrlar