"Poatan" uchinchi kamar uchun jangga tayyor, ammo bitta muammo bor
Braziliyalik UFC jangchisi Aleks Perreyra bo‘lajak jangiga tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirdi.
"O‘zimni avvalgidek his qilyapman. Shubhasiz, tezlikni biroz yo‘qotmasdan vazn orttirishning iloji yo‘q. Oldindan nimadir deyish qiyin. Qanchalik tezkor harakat qilishimni faqat jangda ko‘rishimiz mumkin", – dedi "Poatan".
Eslatib o‘tamiz, Perreyra 15 iyun kuni "UFC White House" turnirida fransiyalik Siril Gan bilan og‘ir vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bahs olib boradi.

Fikrlar