Pochettino, Kuper va Rojers Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod bo‘lib turibdi

  • 28.09.2022 07:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yakunlanganidan keyin lavozimini tark etishi mumkin, deb xabar berdi "The Telegraph".

Sautgeytning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Maoshi yiliga taxminan 5 million funtni tashkil qiladi.

Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi lavozimiga PSJ sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino, "Lester" ustozi Brendan Rojers va "Nottingem Forest" ustozi Stiv Kuperlar nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Jamoa Millatlar ligasida nihoyatda omadsiz o‘ynadi. Angliya ketma-ket olti o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. "Uch sherlar" uchta mag‘lubiyat va uchta durang qayd etgan bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan holda “A” ligasidan tushib ketdi.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya terma jamoasi jahon chempionatida Eron, Uels va AQSh bilan bir guruhdan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!