
Pochettino “Barsa”ga xalaqit qilyapti
PSJ “Liverpul”ni erkin agent sifatida tark etgan Jorjino Veynaldumni o‘ziga og‘dirib olish harakatlaridan voz kechgani yo‘q.
Aslida niderlandiyalik yarim himoyachi “Barselona” bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan bitim rasmiylashtiriladi. Shunga qaramay, PSJ bu transferga xalaqit qilishni to‘xtatmayapti.
Frantsiyaliklar Veynaldumga kataloniyaliklar taklif qilgan maoshdan ikki baravar ko‘p mablag‘ va’da qilyapti. Shuningdek, Jorjinoga parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shaxsan bog‘lanib, jamoasiga o‘tishni taklif qildi.
Veynaldum “Liverpul” chempionlik unvonini bosh bergan mavsumda 38 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi.
Fikrlar