Pochettino bu yulduzni haydayapti

  • 04.06.2023 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marca nashrining ma’lum qilishicha, Maurisio Pochettino kelasi mavsumda Joau Feliksning xizmatidan foydalanmaydi.

Aslida portugaliyalik o‘yinchi yanvar oyida “Atletiko”dan ijaraga olingandi. Klub rahbariyati uni to‘liq transfer qilishni rejalashtirgan. Biroq, yangi bosh murabbiy bu o‘yinchiga joy bermasligini ma’lum qildi.

Jaou Feliksning o‘zi Angliya Premer-ligasi unga ma’qul kelganini va “Chelsi”da qolishga tayyorligini ta’kidlagan.

Jaou Feliks “Chelsi” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmida barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!