Pochettino “Chelsi” futbolchisini haqiqiy yulduzga aylantirmoqchi

  • 5 iyun, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Guardian nashrining yozishicha, “Chelsi”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Maurisio Pochettino klub tarbiyalanuvchisi Levi Kolvillning transferini blokladi.

Jamoaning avvalgi murabbiylari yosh markaziy himoyachiga etarli darajada imkoniyat bermagan va u mavsumni “Brayton”da ijarada o‘tkazdi.

Uning salohiyatini yuqori baholagan “Brayton” mutasaddilari futbolchini to‘liq o‘ziga olish uchun 30 million funt taklif qildi.

“Chelsi” bu taklifni qabul qilmadi. Yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino kelasi mavsum 20 yoshli Kolvillni jamoaga qaytarib, himoya chizig‘ining etakchisi sifatida o‘ynatmoqchi.

Kolvillning “aristokratlar” bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Uning o‘zi ham klub muxlislari ishonchini oqlashni istashini ta’kidlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!