
Pochettino: "Chelsi" kichik tarkibga ega
Maurisio Pochettinining fikricha, "Chelsi" kichik tarkibga ega.
Bu haqda "Chelsi" ustozi londonliklarning evrokuboklarda ishtirok etmasligi haqida so‘rashganda fikr bildirdi.
"Bu biz uchun yaxshiroq. Hozirda jarohatlar tufayli kichik tarkibga egamiz. Muhimi, futbolchilarning tiklanish olishi. Shunda biz yana katta sovrinlar uchun raqobatbardosh bo‘la olamiz.
Albatta, kelasi mavsumda evrokuboklarda qatnashamiz", - dedi "aristokratlar" ustozi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Chelsi" o‘zining hozirgi tarkibi uchun 1 milliard evrodan ortiq mablag‘ sarflagan.
Fikrlar