Pochettino “Chelsi”ga bormay turib, transferni blokladi

  • 23 may, 2023, 13:02
  • 0
  • Futbol

Barbod bo‘lgan mavsumdan keyin “Chelsi” rahbariyati tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Bir necha futbolchi sotib yuborilishi kerak.

Biroq, jamoani qabul qilib olishga rozilik bergan Maurisio Pochettino ayrim o‘yinchilar borasida klub mutasaddilari fikrini o‘zgartirmoqda.

The Evening Standard nashrining xabar berishicha, rahbariyati xayrlashishga tayyor turgan Konor Gallaxer Pochettinoning nazariga tushgan ekan. Argentinalik mutaxassis klub tarbiyalanuvchisi unga kerak ekanini aytdi.

Umuman olganda, Maurisio 23 yoshli bu futbolchidan tashqari, kelasi mavsumda Meyson Maunt, Ris Jeyms va Levi Kolvillga tayanishini bildirgan. Qizig‘i shundaki, klubdagilar bu o‘yinchilarning bari bilan xayrlashmoqchi edi.

Pochettinoning loyihasi klub tarbiyalanuvchilariga tayanishga asoslangan. U “Tottenxem”da ishlagan davridagiday  jamoani yosh futbolchilardan tuzmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!